Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Yalpi taklif tushunchasi, uning hajmi va tarkibiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

15.2. Yalpi taklif tushunchasi, uning hajmi va tarkibiga ta’sir etuvchi omillar 
Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi 
omillarni bilish muhimdir.

Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab 
chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o‘zining 
ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu 
davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. 
Bu 
narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 
mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan 
hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy 
xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab 
chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, 
shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. 
Lekin yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o‘zining turlari, 
miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi ishlab 
chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak. Yalpi taklifni va uning 
miqdorini umumlashtirib quyidagi rasm ko‘rinishida ifodalash mumkin (15.4-
rasm). 
Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat 
miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining 
qiymat miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat 
yaratadi.


446 
15.4-rasm. Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati 
hamda narxiga bog‘liqligi
1
 
Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning 
qisqarishiga olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab 
chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud 
bo‘ladi. Bu bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi (15.5-rasm). 

Narx
AS 
darajasi 
III
I II 
0
Y
1
Y
t

Ishlab chiqarish real hajmi 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin