Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari, 
tomonlari va bo‘limlari o‘rtasidagi miqdor va sifat jihatidan muayyan 
nisbatlardagi o‘zaro moslik bo‘lib, barqaror ravishda takrorlanib turuvchi 
doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni 
ifodalovchi umumiqtisodiy kategoriyadir.
Uning talablarini hisobga olgan holda 
amalda qo‘llanishi iqtisodiyotning barqaror, tebranishlarsiz, inqirozlarsiz 
rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Bu iqtisodiy kategoriyaning obyektiv xarakteri shundaki, kishilar tomonidan 
uni mensimaslik, e’tiborga olmaslik turli xil yo‘qotishlarga, ortiqcha ishlab 
chiqarish va sarflarga, oxir-oqibatda iqtisodiy nomutanosiblik va inqirozlarga olib 
kelishi mumkin. 
 
19.3. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash va 
modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish 
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish 
iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini 
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida 
iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni 
1
O‘rinov A.A. Mutanosiblik – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashning muhim omili. – I.f.n. ilmiy darajasini olish 
uchun yozilgan diss. – T., 2006.


560 
qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda 
inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan 
mahsulot tarkibini o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda 
tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab 
chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning 
kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul 
emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov 
balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida 
sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish 
talablari ham ko‘zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, 
butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan yetakchi tarmoq 
va sohalarga qaratildi. 
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirgunga qadar ishlab 
chiqarish hajmining pasayib ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib 
qoladi. Shu sababli respublikada 90-yillarning o‘rtalaridayoq makroiqtisodiy 
barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlari pasayishining sekinlashuvi ko‘zga 
tashlandi, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa o‘sishga erishildi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan 
o‘sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy 
o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom 
ettirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni 
ta’minlash borasidagi vazifalarning aniq belgilab olinishi va izchil ravishda amalga 
oshirilishi natijasida mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
bajarilishida ahamiyatli yutuqlarga erishilmoqda.
Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o‘sib borishi, balki uning 
tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga 


561 
molik. Bunda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo‘shilgan 
ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o‘sishiga qo‘shgan hissasini ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir.
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ko‘paytirishni ta’minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, 
mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, engil, 
oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa 
sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga 
erishishning asosiy manbai bo‘lishi darkor.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta 
qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot majmuasining bunyod etilganligi
birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini 
davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy 
e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini 
takomillashtirishga qaratiladi. 
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush 
darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va 
ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini 
o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami 
xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi. 
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni 
qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama 
yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar 
ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish 
asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini 
hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi. 
Shu vazifalardan kelib chiqib, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin