Nufus qonuni – aholining o‘sib borishi qonunidir.
Nufus qonuni aholining
tabiiy harakati, ya’ni o‘lim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining
uzayishi, tug‘ilishning optimal darajaga etishi, jamiyat va alohida oilalar
manfaatlari o‘zaro uyg‘unligining ta’minlanishi orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy
muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari
shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi
aholining tabiiy o‘sishi yoki harakati hisoblanadi.
Aholining tabiiy o‘sishi – bu tabiiy o‘sish koeffitsienti bilan belgilanadi:
- tug‘ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning mavjud
aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
- o‘lish koeffitsienti (yil davomida o‘lganlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik
soniga nisbati);
- tabiiy o‘sish koeffitsienti (tug‘ilish va o‘lish umumiy koeffitsientlari
o‘rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o‘rtacha aholi soniga
to‘g‘ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.
Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2019 yil holatiga 33,9 mln. kishini
tashkil etib, u o‘tgan yilga nisbatan 660,9 ming kishiga yoki 2,0% ga o‘sgan.
O‘zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi
(20.1-jadval).
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi
jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy
o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
570
20.1-jadval
Respublikada aholining tabiiy o‘sishi (ming kishi hisobida)
1
Yillar
Ko‘rsatkichlar
Tug‘ilish
O‘lish
Tabiiy o‘sish
2010
651,3
133,6
517,7
2011
669,6
138,4
531,2
2012
625,1
146,0
479,1
2013
679,5
145,7
533,8
2014
718,0
149,8
568,2
2015
734,1
152,0
582,1
2016
726,2
154,8
571,4
2017
715,5
161,5
554,0
2018
768,5
154,9
613,6
2019
815,9
155,0
660,9
Respublikada 2010 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 12286,6 ming
kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14641,7 ming kishini
(116,9 foiz o‘sish) tashkil qildi (20.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: |