Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə426/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida 
(masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining 
bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi.
Migratsiya ikki 
darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. 
Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya 
tashqi migratsiya
deyiladi. Bir 
mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya 
ichki migratsiya
deb atalib, u quyidagi 
shakllarda bo‘lishi mumkin: 
1) 
tugal migratsiya
– aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan 
bog‘liq migratsiya; 
2) 
tebranuvchi migratsiya
– ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga 
muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya; 
3) 
mavsumiy migratsiya
– mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya; 
4) 
tasodifiy migratsiya
– ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga 
borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya. 
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum 
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi 
sifatida mamlakat bo‘ylab ishchi kuchi resurslari samarali taqsimlanishini 
ta’minlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish 


572 
hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish 
samaradorligi oshadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini 
oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada 
yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to‘la va samarali ish bilan band bo‘lish 
muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq ma’noda 
tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun 
me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish mehnatga 
layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) 
ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o‘zini 
oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va 
shaxsiy tomorqa va yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to‘la 
band bo‘lish uning samaradorligi bilan, ishchi kuchi resurslaridan g‘oyat oqilona 
foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin