571
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2010 yilda O‘zbekiston aholisi soni 27,1 mln. kishini
tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 33,3 mln. kishiga etgan, ya’ni 116,8% o‘sgan.
Aholining tabiiy o‘sishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko‘pgina
holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti
va urbanizatsiya darajasi,
ijtimoiy
shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari,
aniq tarixiy
omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan
holda uy-joy sharoitlarini
yaxshilash,
bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash,
xomiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash,
shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi
kuchi resurslari miqdoriga
aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: