574
yollashning muayyan shart-sharoitlarida mehnatga layoqatli ishchi kuchining o‘z
kasbi, mahorati va boshqa xususiyatlariga mos ravishda ishlashga ehtiyojidir.
1
U
ishchi kuchining demografik va kasb tayyorgarligi xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib,
ishchi kuchini takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida uni sotish
(ayirboshlash) holati orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni muvofiqlashtirish uchun ishchi kuchi
bozori infratuzilmasini
rivojlantirish, o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga
joylashtirish va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini
ishlab chiqish masalalari
bo‘yicha bandlikka ko‘maklashuvchi tashkilotlarning o‘quv yurtlari bilan
hamkorligini
yanada
kеngaytirish
bo‘yicha
tadqiqotlar
olib
borish
modеrnizatsiyalashning muhim yo‘nalishidir
2
.
Ishchi kuchi bozorida taklif mehnatga qobiliyatli
kishilarning quyidagi
muayyan guruhlaridan iborat bo‘ladi:
- ishlamayotgan, lekin ish topishni istaydigan
va faol ravishda ish
qidirayotganlar;
- ish bilan band, biroq undan to‘la
ravishda qoniqmay, boshqa ish
qidirayotganlar;
-
ishlayotgan, lekin tez orada ishidan mahrum bo‘lib qolishi mumkinligi
sababli boshqa ish joyi qidirayotganlar.
Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o‘ziga
xos tovari
bo‘lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tish zarur.
Dostları ilə paylaş: