Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə431/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Fillips egri 
chizig‘i
deb nom oldi (20.1-rasm).
W, P,% 
W – nominal ish haqining o‘sish sur’ati;
P – inflyatsiya darajasi; 
U – ishsizlik darajasi. 
U,% 
20.1-rasm. Fillips egri chizig‘i 
Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun 
ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi. Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi 
nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat 
ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi 
oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat 
qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy 


577 
ta’sirining oldini olishi ham lozim. Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor 
xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib 
iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo‘lmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishchi kuchi bozorining roli u bajaradigan ikkita 
vazifa orqali belgilanadi. Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining 
ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo‘lmagan 
ishchi kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog‘liq. Ikkinchi vazifasi 
esa yalpi ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab 
chiqarish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini oshirish va aholini ijtimoiy himoyalash 
borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga 
ish bilan ta’minlanish darajasi o‘sib bormoqda (20.2-jadval).
20.2-jadval 
O‘zbekistonda ish bilan ta’minlashning asosiy ko‘rsatkichlari
1
 
Yillar 
Ish qidiruvchi 
sifatida 
ro‘yxatdan 
o‘tganlar, ming 
kishi 
Ish bilan 
ta’minlan-
ganlar, ming 
kishi 
Ish bilan ta’minlan-
ganlarning 
solishtirma 
salmog‘i, % 
Hisobot davri oxiriga 
rasmiy tarzda 
ro‘yxatga olingan 
ishsizlar soni, ming 
kishi 
2004 
425,0 
323,7 
76,2 
34,9 
2005 
410,3 
325,1 
79,2 
27,7 
2006 
391,5 
320,7 
81,9 
29,1 
2007 
557,4 
486,5 
87,3 
27,4 
2008 
623,3 
546,6 
87,7 
22,9 
2009 
658,2 
566,3 
86,0 
20,1 
2010 
671,6 
595,6 
88,7 
16,2 
2011 
661,4 
595,7 
90,1 
12,9 
2012 
653,0 
590,5 
90,4 
6,0 
... 
2015 
324,0 
241,4 
74,5 
3,0 
2016 
263,4 
248,2 
94,2 
5,0 
2017 
271,9 
229,9 
84,6 
14,9 
2018 
626,5 
611,4 
97,6 
32,3 
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi hamda https://mehnat.uzG`opendataG`viewG`25 
sayti ma'lumotlari 


578 
Jadvaldan ko‘rinadiki, agar ish bilan ta’minlanganlarning solishtirma salmog‘i 
2004 yilda 76,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga qadar ularni ish bilan 
ta’minlash salmog‘i oshib bordi. Ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlra 
tomonidan olib borilgan say xarakatlar va mehnat yarmarkalarining o‘tkazilishi 
natijasida ish bilan ta’minlanish kuchayib bordi. Shu sababli keyingi vaqtlarda 
bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qiluvchilar va ularning bandlikni 
ta’minlash borasidagi ulushining pasayishi ko‘zda tutildi. Bu ko‘rsatkich 2018 
yilga kelib 97,6% ga yetdi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin