Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə439/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari 
ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir 
o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi 
ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei 
jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda 
o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga 
nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada 
uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur 
yetkazadi. 
Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi 
jinoyatchilikning o‘sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi.
 
20.5. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni 
ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
 
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat 
jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat 


586 
bo‘lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni 
ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan 
va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish 
bilan 
bandlik 
masalasi 
eng 
muhim 
muammolardan 
biri 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun 
bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 
Birinchidan,
keng faoliyat 
turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit 
yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq 
iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi 
xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin