584
teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada
iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi
ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki
yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. «Ishsizlikning
tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.
Birinchidan,
bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal
qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini
bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim
hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band
bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan,
ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u
tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQShda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab
XX asrning 60-yillari o‘rtalarida 4,5% deb belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning
boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o‘sdi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda Ispaniyada 2012 yil ohiriga kelib ishsizlik
darajasi 24,44% gacha o‘sdi, ishsizlarning umumiy soni 5,6 mln. kishiga yetib
bordi
1
.
Dostları ilə paylaş: