592
Ishsizlik darajasi
– ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
Ouken qonuni
– ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi
o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning
xususiyatlari qanday?
2.
Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq? Fan-texnika
taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?
3.
Ishchi kuchi bozori amal qilishining o‘ziga xos
xususiyatlari nimalardan
iborat?
4.
Ishchi kuchi qiymati va iste’mol qiymati qanday aniqlanadi? Ularga ta’sir
etuvchi omillarni sanab bering.
5.
Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi? Qanday
qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?
6.
Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.
7.
Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
8.
Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda
aniqlanadi?
9.
Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
10. Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
593
21-bob. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining
samarali amalga oshirilishi
ko‘p jihatdan moliyaviy resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Pul vositasida takror ishlab
chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tiladi hamda muayyan maqsadga
yo‘naltirilgan fondlar vujudga keltiriladi. O‘z navbatida
bu fondlar takror ishlab
chiqarishning uzluksizligini va kengaytirilishini ta’minlaydi. Yalpi milliy
mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish
jarayonida pul mustaqil
harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy, dehqon, fermer, jamoa,
kasanachilik xo‘jaliklari, davlat korxonalari va tashkilotlari, davlatning o‘zining
pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari va amal
qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari
tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning mazmuni,
vazifalari tizimi, uning asosiy
bo‘g‘ini bo‘lgan davlat budjeti va budjet mablag‘larining shakllanishida
soliqlarning roli bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: