593
21-bob. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining samarali amalga oshirilishi
ko‘p jihatdan moliyaviy resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Pul vositasida takror ishlab
chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tiladi hamda muayyan maqsadga
yo‘naltirilgan fondlar vujudga keltiriladi. O‘z navbatida bu fondlar takror ishlab
chiqarishning uzluksizligini va kengaytirilishini ta’minlaydi. Yalpi milliy
mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil
harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy, dehqon, fermer, jamoa,
kasanachilik xo‘jaliklari, davlat korxonalari va tashkilotlari, davlatning o‘zining
pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari va amal
qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari
tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy
bo‘g‘ini bo‘lgan davlat budjeti va budjet mablag‘larining shakllanishida
soliqlarning roli bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: