Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə453/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik 
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakat tovar va 
xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib 
ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. 
Natijada, chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. Shunga 
ko‘ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini 
amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan 
qarzlarni to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, 
ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni 
mamlakatdagi ko‘chmas mulklar, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va 
boshqa huquqlarni sotish hisobiga to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy 
tashkilotlardan yordam olish va h.k.


602 
Demak, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda 
kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. 
Xalqaro kreditning tez o‘sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi mamlakat 
va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi 
hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning 
ehtiyojlarini qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish 
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir 
qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o‘rinda eng asosiy muammo 
milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga 
bog‘liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki 
moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin