Asosiy tayanch tushunchalar Moliya – pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi,
taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan
munosabatlar.
Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va
tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati
bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat
qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliyaviy siyosat – davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun
moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Fiskal (soliq-budjet) siyosati – davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir
ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha
qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Budjet taqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi.
Davlat ichki qarzi – davlatning mamlakat ichida qimmatli qog‘ozlarini
chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga
tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
614
Soliqlar – jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini budjetga
jalb qilish shakli.
Soliq stavkasi – soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining
foizdagi ifodasi.