611
2017 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan soliq stavkasi 10 foizdan 7,5
foizgacha pasayib keldi va 2018 yilda tashkilotlar
uchun obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i (shu vaqtga qadar 8%) foyda solig‘i
tarkibiga qo‘shilganligi sababli 14 foiz qilib belgilandi.
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishida soliqlar
sonining kamaytirilishi,
soliq imtiyozlarining kengaytirilishi bilan birga soliq stavkalarining pasaytirilishi
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq stavkalarining pasaytirilishi ishlab chiqarish hajmi va daromadlarning
ortishi natijasida
soliq bazasining kengayishiga, davlat budjeti xarajatlarini
taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan moliyalashtirishga zamin yaratadi.
Bugungi kunda “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish yo‘lini
davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish
va rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish”
1
dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
Soliq stavkalarining pasaytirishi ishlab chiqarish va daromadlarning o‘sishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida soliqqa tortish bazasining
kengayishiga imkon
tug‘iladi. Aynan shu holat mamlakatimizda soliq stavkalari kamaytirilishiga
qaramasdan, budjet xarajatlarini taqchilliksiz moliyalashtirishga yetarli bo‘lgan
soliq tushumlari ko‘rinishidagi budjet daromadlarini shakllantirishga asos
bo‘lmoqda.
Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salohiyatini
oshirishga qulay imkon yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2019 yil 30
dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi.
Yangi Soliq kodeksiga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha
qisqartirildi. Xususan, yagona yer solig‘i,
davlat boji, bojxona to‘lovlari va
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova. 3.1-band.
612
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari
bekor qilindi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat
soliq xizmati organlarining
javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni
qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi,
shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.
Dostları ilə paylaş: