Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə452/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Davlat ichki qarzi – bu 
davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini 
chiqarish, turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha 
sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish
ko‘rinishidagi
qarzlari.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan 
biri davlat krediti hisoblanadi. 
Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor 
sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu 
davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish 
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha 
bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi. 
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki 
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga 
pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini 
chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat 
haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. 


601 
Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz 
to‘lovlari shaklida tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish 
sharoitida davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat 
qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat 
o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga 
almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz 
bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi 
mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha 
davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida 
foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq. 
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro 
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy 
resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan 
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga 
keladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin