Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


  21.2. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə451/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 


599 
21.2. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari 
 
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo 
qiladi. 
Lekin 
ko‘pchilik 
hollarda 
davlat 
budjeti 
xarajatlarining 
daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi 
ro‘y beradi.
Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat 
hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va 
ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining 
o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga 
nisbatida aniq namoyon bo‘ladi. 
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotidagi ayrim o‘zgarishlarning vujudga 
kelishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, 
2019 yilda maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet 
xarajatlari uning daromadlaridan ortish -0,5 foiz darajasida bo‘ldi (21.1-rasm).
0,3
0,4
0,4
0,3
0,2
0,1
0,1
0,1
0,1
-0,5
-0,6
-0,5
-0,4
-0,3
-0,2
-0,1
0
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
21.1-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlari holati, foizda
1
.
 
Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga 
kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va 
erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy 
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida hisoblandi. 


600 
sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat 
yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining 
mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining 
ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Budjet 
taqchilligining 
o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy 
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, 
inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum 
sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan 
xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YaIMning 2% darajasidan oshmasligi 
lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi. 
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin