594
Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va
uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir.
Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi
va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya pul bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lib, uning moddiy asosini pul
tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa – tushuncha emas.
Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning samarali va
barqaror ravishda amal qilishi,
yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko‘plab boshqa iqtisodiy
subyektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar –
davlat, mintaqalar,
tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar
o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga
keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: