Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə444/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
 
 


591 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ishchi kuchi
– insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig‘indisi. 
Ishchi kuchini takror hosil qilish
– insonning mehnatga bo‘lgan jismoniy 
kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning 
mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy 
darajasi o‘sishini ta’minlash, katta yoshli ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar 
avlodini etishtirish jarayoni. 
Yalpi ishchi kuchi
– jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida 
qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan 
majmui. 
Ishchi kuchi talabi
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida 
turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.

Ishchi kuchi taklifi
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida 
ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori. 
Aholining tabiiy o‘sishi
– bu aholining emigratsiya va immigratsiyadan 
tashqari harakati. 
Emigratsiya
– fuqarolarning o‘z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga 
doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi. 
Immigratsiya
– xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga 
ko‘chib kelishi. 
Ishsizlik
– mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan 
ta’minlanmagan ishchi kuchi. 
Friksion ishsizlik
– malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar 
bo‘shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik. 
Tarkibiy ishsizlik
– ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar 
natijasida vujudga keladigan ishsizlik. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin