Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə440/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ikkinchidan,
xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va 
qurilish bo‘yicha xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda 
xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi. 
Uchinchidan,
qishloqda keng 
tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish 
joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni 
amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini 
rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom 
ettirilmoqda. 
To‘rtinchidan,
ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va 
qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va 
ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda 
iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni 
o‘rgatishga e’tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, 
biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi. 
Beshinchidan,
vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan ishchi kuchlarini 
davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta 
zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga 
qaratiladi. 
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha 
odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun 
dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga 


587 
keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda 
ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi 
masalalarni ham o‘z ichiga oladi. 
2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta’minlash 
parametrlari to‘g‘risida 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin