583
Texnologik ishsizlik
ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning
kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani
qo‘llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik
muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy,
milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator omillar ta’siri ostida ishchi
kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik
uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band
bo‘lmaslik xos.
Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z
ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning
ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda
ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy
natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham
paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: