579
Keynscha maktab vakillari
ishchi
kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas
tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini
ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish
haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar
va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi
bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan
ishchi kuchi taklifi
miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi bandlikning
shakllanishida yetakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan
hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi.
Ishchi kuchiga
bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga
solinadi. Ishsizlikning mavjud bo‘lishi yalpi samarali talabning
etishmasligi bilan
shartlanib, uni budjet va pul-kredit siyosatining iqtisodiy faollikni oshiruvchi
chora-tadbirlari orqali bartaraf etish mumkin. Davlat yalpi talabni kengaytirish
tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishiga imkon
yaratadi va buning natijasida bandlikning o‘sishi hamda
ishsizlikning qisqarishi
ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: