582
3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni
bir ishdan
bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion
(oraliq) ishsizlik deyiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning
ishlab chiqarishga
qo‘llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab
qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi
bir kasb yoki
mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi
ularning o‘z kasb va mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab
saqlanib qolgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi.
Yangi kasb va
mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga
joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
Tarkibiy
ishsizlik friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq
ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq)
davom etishi yangi kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum
xarajat
talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan
holda, yashash joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Friksion va tarkibiy
ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum
darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
Dostları ilə paylaş: