575
pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
ish kunining uzaytirilishi, mehnat intensivligining
oshishi; turli xil tabiiy va tarixiy sharoitlar, fan-texnikaning rivojlanishi, o‘qish va
kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k.
Ishchi kuchi qiymatini
pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat
unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va
uning oilasi ehtiyojlarini
qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi
uning
mehnat qilish jarayonida o‘z ishchi
kuchi qiymatidan ortiqcha, ya’ni qo‘shimcha mahsulot qiymatini yaratib,
kapital
egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon
bo‘ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor
xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Bozor
iqtisodiyoti mexanizmining
tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq
iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi
resurslarini taqsimlash va
qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori subyektlarining
sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni
qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Shunga ko‘ra,
ishchi kuchi bozori
o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga
xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: