566
20-bob. ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK
Iqtisodiyotning barcha sohalarida,
shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki
boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida
harakatga keltiriladi, ularning
qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o‘tkaziladi,
yangi mahsulot yangi
qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishchi kuchi
tomonidan yaratiladi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishchi kuchining mazmuni,
tarkibi, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu bob
ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi
bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog‘liq
muammolar bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi
kuchi bozori va ishsizlik
muammolari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning
darajasini
aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham
e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: