72
Jadvaldan ko‘rinadiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki
mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyosida takror
hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan
xomashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan
qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar
mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki yaratilgan yalpi
mahsulotdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, jami ijtimoiy mahsulot yoki yalpi mahsulot
tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi
sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi.
Dostları ilə paylaş: