Takroriy hisob – bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha texnologik bosqichlardan o‘tishi natijasida oraliq iste’moli deb atalmish ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg‘i, material, energiya va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan ko‘rinadiki,
paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo,
yoqilg‘i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli texnologik
bosqichlarida qayta-qayta qatnashadi, ularning hisobga olinishi natijasida takroriy
hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini to‘g‘ri baholash, unda takroriy hisobga yo‘l
qo‘ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish
lozim.
Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285
birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazyalama oraliq
mahsulotlar bo‘lib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko‘ylak yoki
kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov
berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa
pirovard mahsulot hisoblanadi. Demak,
pirovard mahsulot – bu ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita iste’mol uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir.
73
Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy
natijasidan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib takroriy hisobni o‘z ichiga