698
baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish
mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va obyektiv ravishda
ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni
hisoblanadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon
xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1)
tovar va xizmatlar
jahon bozori;
2)
kapitallar jahon bozori;
3)
ishchi kuchi jahon bozori;
4)
xalqaro valyuta tizimi;
5)
xalqaro kredit-moliya tizimi.
Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik
ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona
ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda.
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo‘lishi bilan ular orasidagi
iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan
bo‘lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik
mashinalashgan sanoatning paydo bo‘lishi bilan dastlab
bir qator mamlakatlar
o‘rtasida vujudga kelib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini
qamrab oldi.
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon
bozori bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Agar
milliy bozorda tovarlar
harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xomashyo, mehnat
resurslari va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan
tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan
jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.