Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


) turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə531/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4) turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi. 
Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan 
demografik «portlashlar», ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o‘sishi ko‘rsatiladi. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o‘sishi bir qator jiddiy 
ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi 
sonining ko‘payishi natijasida ratsional xo‘jalik yuritishga to‘sqinlik qiluvchi 
aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining 


705 
ko‘payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan 
mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilarning haqiqiy 
ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir 
demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi 
jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o‘rnatilishi, jumladan oilani 
rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. 
Bunday assosiz dasturlardan ko‘ra, ular bu mamlakatlarda yangi texnika va 
texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan 
globallashuv jarayonlari o‘zining ijobiy yo‘nalishlari va ziddiyatlariga ega bo‘lib, 
bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol 
ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.
 
25.3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
Jahon xo‘jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki 
ular tashqi iqtisodiy aloqalari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab 
chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Shu asosda 
mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin