Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Xalqaro  iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə532/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon 
xo‘jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari 
o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati; 
- ishchi kuchining tashqi migratsiyasi; 
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; 
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; 


706 
- valyuta-kredit munosabatlari. 
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning 
xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti 
rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va 
xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o‘zining 
rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri milliy xo‘jalikning 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan 
tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy 
belgi va xususiyatlarini 27-bobda batafsil ko‘rib chiqamiz. 
Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi 
va harakatga keltirilishi.
U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: 
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li 
bilan harakati ko‘pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; 
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, 
patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin; 
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar 
bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik 
kapitali to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin