Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə538/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki (ETTB)
tuzildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga 
solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. 80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon 
xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga solish shakllari evolyusiyasiga 
olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, 


712 
tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin 
ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim 
o‘rin tutadi. 
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadan 
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon 
iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolari 
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga 
Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator 
sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini 
tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. 
Yevropa Ittifoqi (YeI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat 
tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis 
etiladi. Bu Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir 
qator Yevropa muassasalari tuzildi. 
Yevropa Ittifoqining ijroiya organi 
Yevropa hamjamiyati Komissiyasi 
(EHK)
dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z 
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. 
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning 
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi 
mavjud bo‘ladi. 
Yevropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat 
budjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi 
Yevroparlament
zimmasiga yuklatiladi. 
Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila 
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYu, 2004 yildan boshlab esa 
Evro joriy etildi va yangi muassasa – 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin