Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə537/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   533   534   535   536   537   538   539   540   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)

Xalqaro 
rivojlanish uyushmasi (XRU)

Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)
va shu 
kabilar doirasida amalga oshiriladi. 
«Katta sakkizlik»
nomini olgan jahondagi 
yetakchi mamlakatlar
 
(AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk 
Britaniya, Kanada, Yevropa ittifoqi) ning har yillik kengashi bu sohada muhim rol 
o‘ynaydi. Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2018 yilda jahondagi barcha 
mamlakatlar YaIMning 51,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval). 
25.1-jadval 
«Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlari
(2018 yil) 
Aholi soni 
YaIM
Mln. 
kishi 
Jamiga nisbatan 
foizda 
mlrd. 
doll. 
Jamiga nisbatan 
foizda 
Jahon bo‘yicha 
7550,3 
100 
80737 
100 
AQSh 
328,1 
4,3 
21344,7 
26,4 
Yaponiya 
126,4 
1,7 
5176,2 
6,4 
Germaniya 
82,8 
1,1 
3963,9 
4,9 
Buyuk Britaniya 
66,5 
0,9 
2829,2 
3,5 
Fransiya 
65,1 
0,9 
2761,6 
3,4 
Rossiya 
144 
1,9 
1610,4 
2,0 
Italiya 
60,8 
0,8 
2025,9 
2,5 
Kanada 
37,1 
0,5 
1739,1 
2,2 
«Katta sakkizlik» 
mamlakatlari birgalikda 
910,8 
12,1 
41451,0 
51,3 
Manba: http://ru.wikipedia.org. 


711 
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p 
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta 
kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama 
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, 
a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit 
beradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish 
bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga 
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya 
(XMK) har xil investitsion obyektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan 
shug‘ullanadi, 
loyihalarning 
moliyaviy-iqtisodiy 
asoslarini 
tayyorlaydi, 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi. 
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki 
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga 
ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash 
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT 
jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuksional aloqalarni o‘rganishni amalga 
oshiradi, valyuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha 
ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. 
Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir 
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   533   534   535   536   537   538   539   540   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin