Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-jadval Resurslar to‘liq band bo‘lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.6-jadval
Resurslar to‘liq band bo‘lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari
(shartli raqamlar)
Mahsulot turi 
Muqobil variantlar 





Non (mln. dona) 





Tegirmon (ming dona) 
10 




Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega 
bo‘lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tegirmon ishlab 
chiqaradi (bunda non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini 
bildiradi); 
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydi; 
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib qoladi, deb 
faraz qilamiz. 
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non 
ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish imkoniyati cheklangan. 
Resurlarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini 


85 
bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga 
resurslarning bir qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. 
Aksincha, agar non ishlab chiqarishni ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun 
zarur resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi 
mumkin. 
Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin bo‘lgan sanoat tegirmonlari va non 
miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan
iqtisodiyot o‘zining butun resurslarini tegirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini 
ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar 
to‘lig‘icha non, ya’ni iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Jadvaldagi asosiy g‘oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig‘ida iqtisodiyot to‘la 
bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida non mahsulotini ko‘proq ishlab 
chiqarishi uchun tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar 
kamyob bo‘lganligi sababli, iqtisodiyot non va tegirmon ishlab chiqarish hajmini 
bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun 
jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni rasmda tasvirlaymiz (2.9-rasm). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin