Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni 
sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga 
avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat 
tushuniladi. 


88 
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan 
kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga 
qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko‘proq foyda olishga intiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar 
mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda
boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy 
daromad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz bu o‘rinda 
sanab o‘tilgan fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz, 
lekin shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti 
sharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga 
nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F) 
ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (I) nisbati bilan aniqlanadi,
ya’ni: 
%
100
'


I
F
R

bu yerda: R’ – foyda normasi;
I – iqtisodiy resurs sarflari.
Misol uchun, A korxonada yil davomida 800 mln. so‘mlik resurs xarajat qilib, 
200 mln. so‘m hajmida foyda olingan bo‘lsin. U holda foyda normasi 25% 
(200×100/800) ni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu aytilgan birgina 
asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan 
omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini ifodalaydigan 
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini 
tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tejash qonuni hisoblanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin