Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3.1-rasm
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi 
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashib kelgan qator ishlab 
chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish usullari almashuvining klassik namunasi Yevropada namoyon 
bo‘lgan deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri bilan almashib, ibtidoiy jamoa, 
quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga 
qaraganda bu yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu munosabatlarning 
hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Yevropa 
mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish 
usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida 
mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab 
chiqarish munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda 
tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog‘liq 
sifat xususiyatlari aks etadi. 
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni 
sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish 
tiplari
natijasi sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi. «Sivilizatsiya» so‘zi 
lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha 
fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan 
bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
Ishlab chiqarish usuli 
Ustqurma 
Ishlab chiqarish 
munosabatlari 
Ishlab chiqarish 
vositalari 
- mulkchilik
- ishlab chiqarish 
- taqsimot 
- ayirboshlash 
- istе'mol munosabatlari va 
boshqalar 
siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy, 
milliy, oilaviy va 
boshqa ijtimoiy 
munosabatlar 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar 
Ishchi kuchi 


100 
qo‘llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy 
va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin 
etiladi.
Jamiyat 
taraqqiyotini 
sivilizatsiya 
nuqtai-nazaridan 
o‘rganishda 
sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Bu nazariya 
tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatadilar: 
1)
davomiylik muddati 30-35 asrni o‘z ichiga olgan neolit davri;
2)
davomiylik muddati 20-23 asrni o‘z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri 
(bronza asri); 
3)
davomiylik muddati 12-13 asrni o‘z ichiga olgan antik davr (temir asri); 
4)
davomiylik muddati 7 asrni o‘z ichiga olgan erta feodal davri;
5)
davomiylik muddati 4,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashishdan oldingi 
davr;
6)
davomiylik muddati 2,5 asrni o‘z ichiga olgan industrial davri; 
7)
davomiylik muddati 1,3 asrni o‘z ichiga olgan yuqori industrlashish davri
1
.
Bu qayd qilingan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar 
va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo‘l qo‘yilib, jamiyat taraqqiyoti 
bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin