tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga
e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
(iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va
moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda
jamiyatning
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda,
ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik- buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy
ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat kuchlari, ashyolari va boshqa
moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham
munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar.
Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab
chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar
o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish
holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan
bosqichlarning xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu
masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab
chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim
muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl iqtisodiy munosabatlarni
98
vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.