101
boshqasiga o‘tish asosan, mehnat vositalarining tavsifidagi o‘zgarishlar, fan va
texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish
texnologik usullarining
dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya,
manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish.
Oddiy kooperatsiya
– bu bir xil
tovarni ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng
oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib va reja asosida
ishlaydigan
kishilar
guruhidir.
Kooperatsiyaning
yakka
tartibdagi
hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali
namoyon bo‘ladi:
1)
ko‘plab ishchilarning birgalikdagi mehnati
ishchi kuchidagi alohida
tafovutlarning yo‘qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xillashuviga olib keldi;
2)
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg‘i, yoritish va
boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi
ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;
3)
birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib,
mehnat unumdorligini
oshirdi.
Dostları ilə paylaş: