Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali 
mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.
Manufaktura davrida ishlab 
chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, 
har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda 
oddiy kooperatsiyadagidek qo‘l mehnatiga va shunga mos qurolga tayanadi. 
Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini 
tor operatsiyalarni bajarishga bog‘lab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga 
o‘tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil 
etish, mehnatning mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik 
usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub o‘zgarishlar 
ro‘y beradi. Mehnat unumdorligi ancha o‘sadi. XVIII asrning so‘nggi 30 yili ichida 
boshlangan sanoat revolyusiyasi natijasida 
yirik mashinalashgan ishlab 
chiqarish
vujudga keldi.


102 
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish, mehnat taqsimotiga va
mashinalashgan mehnatga asoslangan kooperatsiyadir.
Fabrika ichidagi 
mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o‘zgarishlarga qarab R.Aron, 
J.Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch 
bosqichga: industrlashishgacha bo‘lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori 
industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya 
etadilar. 
Bunda ular 
industrlashishgacha bo‘lgan jamiyatning asosiy belgilari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatadilar: a) aholining asosan qishloq xo‘jaligi bilan 
bandligi; b) qo‘l mehnatining hukmronligi; v) mehnat taqsimotining juda sayozligi 
(dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar); g) 
natural xo‘jalikning hukmronligi. 
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi – 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin