Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

industrlashgan 
jamiyatning asosiy belgilari
: a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) 
sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining 
ko‘payishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq ko‘payishi va 
boshqalar. 
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi – 
yuqori darajada industrlashgan 
jamiyatning asosiy belgilari:
a) xizmat ko‘rsatish sohasining yuksak darajada 
rivojlanishi; b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo‘lishi; 
c) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va 
malakali mutaxassislar rolining oshishi; d) iqtisodiyotning hamma sohalarida va 
kundalik hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qo‘llanilishi; e) 
tovarlar va xizmatlar sifatiga putur yetkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma 
turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng 
qo‘llanilishi va boshqalar. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o‘zgarishlar 
jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni o‘ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, 
ishchi-xizmatchilar tarkibining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining o‘sishiga 


103 
olib keladi. Lekin bu texnik o‘zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan 
jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va 
ularning tavsifini bilishda ham texnik, ham ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni 
birgalikda olib, ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va 
ta’sir natijasida sodir bo‘ladigan taraqqiyot qonunlarini o‘rganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko‘rish mumkinki, bir necha 
ming yillab rivojlanmayotgan tovar xo‘jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan 
ayrim mamlakatlar va yurtlarda texnika-texnologiya taraqqiyoti gurkirab o‘sib 
ketdi. Texnika taraqqiyotining barcha bosqichlari – oddiy kooperatsiya, 
manufaktura, mashinalashgan, ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori 
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 
yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj topgan davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham 
keyingi paytda ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy 
tizimlarga bo‘lib o‘rganadilar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin