Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab 
chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 
moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi.
Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona 
qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa 


111 
mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa 
mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar 
jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy 
tashkilotlarning mulki kiradi. 
Shaxsiy mulk
– 
bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat 
yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o‘z ehtiyojini 
qondirishiga xizmat qiladi.
Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila 
a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko‘payadi va rivoj 
topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga 
vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan 
olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi 
manbalarga ham asoslanadi. Shaxsiy mulk obyektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli 
va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol 
buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab 
chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, 
savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi 
mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 
daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin