113
keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib,
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr, 425-XII-son) quyidagicha ta’rif
beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa
korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli
bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat
aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir
1
.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga
qaraganda ancha keng tushuncha.
Dostları ilə paylaş: