112
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda)
xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir, deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk
bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. Xususiy
mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o‘zining ijobiy va salbiy
tomonlariga ega. U so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga
mas’uliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo‘llash foydali bo‘lgan
bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari,
kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
kelishi, ko‘payishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning aralashib, birikib ketishi natijasida aralash mulk
paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida
o‘zlashtirilishini bildiradi.
3.5. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Dostları ilə paylaş: