Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

muhim xususiyati
– uni 
maxsus dasturlar
asosida bosqichma-
bosqich amalga oshirishdan iborat.
Respublikada xususiylashtirishning 
manzilli yo‘naltirilganligi
uning 
navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda 
aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli 
yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida
aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil 
dasturlari budjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi 
xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
O‘zbekistonda xususiylashtirishning 
to‘lovliligi
uning navbatdagi muhim 
xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni 
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf 
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan 
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infratuzilmasini 
barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash 
dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini 
yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga 
aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu 
korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo 
etishga ham sarflanadi. 
O‘zbekistonda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 
birinchi bosqichini
(1992-1993 yillar) o‘z ichiga olib, bu bosqichda 
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat 
ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash 
tizimini qamrab oldi (3.4-rasm).


116 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin