ikkinchi bosqich 1994-1995
yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar
bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir
qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov
asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas
mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki
yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga
jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi
mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida
raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash
lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini
shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi
xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar,
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni
tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning
uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha
obyekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997
yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan
ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy joylarni
xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq
kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning shaxsiy
mulki bo‘lib qoldi.