to‘rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar)ning
asosiy vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan
mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi
munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini
amalga oshirish belgilandi. Xususiylashtirishning to‘rtinchi bosqichini amalga
oshirish
mobaynida
1998-2003
yillarda
17836
ta
davlat
obyektlari
xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil
etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik
jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa
shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan
mablag‘lar hajmi 167,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish
jarayonlarining –
beshinchi bosqichi (2004-2016 yillar) O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy
sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish,
shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan
obyektlarga narx belgilash mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan
korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish
hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli obyektlarni nol
darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini
qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi
1
.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-
bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2004-2016
1
Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые
Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики –
стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско-
преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. –
М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23.
119
yillar davomida 6140 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan
mablag‘larning jami hajmi 1001,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan (3.2-jadval).