104
yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi.
Bu yerda ishlab chiqarish,
ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-
odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy roli
yuqori bo‘lib,
asosan ular hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq
ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan,
chunki ular ko‘pincha an’analarga zid keladi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf
tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va
madaniy tartiblar birlamchi
hisoblanadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiyot muammosini hal
qilishning bir xil va umum tan olingan echimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va
tarixiy o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar,
qarama-qarshi mafkuraviy
qarashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish
uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.
Bozor
iqtisodiyotiga
qarama-qarshi
tizim
Dostları ilə paylaş: