Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ishlab chiqarish omillari
– ishlab chiqarish jarayonida bevosita 
qo‘llaniluvchi barcha resurslar. 
Ishchi kuchi 
– insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig‘indisi. 
Mehnat qurollari
– inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga 
ta’sir qiladigan vositalar. 
Mehnat predmetlari
– bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalar. 
Ishlab chiqarish jarayoni
– kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan 
maqsadga muvofiq faoliyat. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish
– jamiyat miqyosida ishlab chiqarish 
jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish
– ishlab chiqarish miqyoslarining 
o‘zgarmagan holda takrorlanishi. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
– ishlab chiqarish miqyoslarini 
muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi. 
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi
– mamlakat bo‘yicha yaratilgan yalpi
ichki mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi
– ishlab chiqarish sohasidagi o‘z 
harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi 


94 
orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) 
orqali qondirishga tayyor mahsulot. 
Sof mahsulot
– yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish 
vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi. 
Zaruriy mahsulot
– ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan 
zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda 
saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin