Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Issiqlik naychali vakuumli quyosh kollektorining tuzilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Issiqlik naychali vakuumli quyosh kollektorining tuzilishi

Issiqlik eltuvchi asosiy suv iste’molchi yoki issiqlik konturidagi 
muzlamaydigan suyuqlik issiqlik ta’siri ostida qiziydi va undan bug‘ ajralib chiqib 
yuqoriga tomon harakatlanadi. Yuqori qismda bug‘ soviydi va buning oqibatida 
kondensatsiyalanib suv tomchilarini hosil qiladi, suv pastga oqib tushadi va yana 
issiqlikni qabul qilib bug‘lanib yuqoriga yo‘naladi. Ushbu holat texnologik jarayon 
davomida bir necha marta qayta takrorlanadi. 
Yer yuzining sovuq hududli joylarida muzlashdan himoyalangan kollektorlar 
ishlatiladi (5.12-rasm). Bunga yopiq sirkulyatsiya tizimidan foydalanib erishiladi. 
Ushbu isitish tizimida issiqlik o‘tkazuvchi suyuqlik (antifriz) quyosh kollektori orqali 
aylanib, hosil bo‘lgan issiqlikni rezervuardagi suvga issiqlikni almashtirib beruvchi 
qurilma yordamida uzatadi. 


124 
5.12 – rasm.
Quyosh geleoqurilmasining soddalashtirilgan modeli 
Quyosh kollektorining issiqlikni qabul qilish elementi misdan yasalgan bo‘lib, 
issiqlikdan izolyatsiyalangan.
Issiqlikni qabul qilish elementi mis «naycha» orqali amalga oshiriladi, buning 
natijasida isitish konturi, naychalardan alohida qilib yasalgan. 
Buning ustun tomoni shundaki, kollektorning biror bir naychasi ishdan 
chiqqanda ham u ishlashda davom etadi. Kollektor ishlab turgan paytda ham kerak 
bo‘lganda ishdan chiqqan naychani yangisiga almashtirish mumkin. Naychani 
almashtirish juda oson. Bu paytda isitish tizimidagi issiqlik eltuvchi suyuqlikni 
to‘kishga zaruriyat bo‘lmaydi.
Geliotizimni ishlatishdan maqsad bitmas-tuganmas, toza va arzon energiya 
manbaiga ega bo‘lishdan iborat. 
Geliotizimdan foydalanish orqali quyidagi vazifalarni yechish mumkin: 

Cheksiz miqdordagi tekin, toza va alternativ energiya manbaiga ega 
bo‘lish; 

Uy-ro‘zg‘or, maishiy va boshqa sohalarda zarur bo‘lganda kerakli 
miqdordagi issiq suvga bo‘lgan ehtiyoj qondirish (magistral suv ta’minot tarmog‘idan 
juda uzoqda yoki umuman mavjud bo‘lmaganda); 

Yilning va sutkaning xohlangan paytida qisman yoki to‘liq issiq suvga va 
isitish manbaiga ega bo‘lish (kuz-bahor mavsumida 80% gacha, qish mavsumida 
50% gacha);


125 
An’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan tobelikni va talabni kamaytirish 
hamda mablag‘ tejamkorligiga erishish. 
Geliotizimli isitish qurilmasi: mis naychali quyosh nurini yig‘uvchi kollektor
boshqarish tizimi, nasoslar va issiq suv akkumulyatorining baklarini boshqarish 
tizimidan iborat. (5.13-rasm). 
5.13-rasm


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin