Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish. 
Ochiq kalitli 
kriptografik tizimlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishda 
quyidagi belgilashlar kiritiladi: 
𝐴
tomonning ochiq kaliti bilan xabar 
𝑀
ni shifrlash: 
𝐶
= {
𝑀
}
𝐴

𝐴
tomonning shaxsiy kaliti bilan shifrmatnni rasshifrovkalash: 
𝑀
= [
𝐶
]
𝐴

Bundan quyidagi tenglikni osongina yozish mumkin: 
[{
𝑀
}
𝐴
]
𝐴
=
𝑀
. Boshqacha aytganda, 
𝑀
xabarni 
𝐴
tomonning ochiq kaliti bilan 
shifrlab, keyin aynan shu tomonning shaxsiy kaliti bilan 
rasshifrovkalash amalga oshirilsa, yana dastlabki xabar hosil bo‘ladi. 
Simmetrik shifrlar bilan bajarilgan ixtiyoriy amalni, ochiq kalitli 
shifrlash algoritmlari bilan ham amalga oshirish mumkin. Masalan, 
tarmoqda ma’lumotlarni uzatishda va xavfsiz bo‘lmagan muhitda 
axborot konfidensialligini ta’minlashda simmetrik shifrlash 
algoritmlarining o‘rniga ochiq kalitli kriptografik tizimlardan 
foydalanish mumkin. Biroq, jarayon ko‘proq vaqt talab etadi. 
Bundan tashqari, simmetrik kriptotizimlar kabi ochiq kalitli 
kriptotizimlardan ham ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashda 
foydalanish mumkin.
Ochiq kalitli kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarda mavjud 
kalitni taqsimlash muammosini o‘zida bartaraf etgan. O‘z o‘rnida 
simmetrik kriptotizimlar ochiq kalitli kriptotizimlarga qaraganda 
samaradorligi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, shifrlash va 
rasshifrovkalash amallari simmetrik kriptotizimlarda, ochiq kalitli 
shifrlash algoritmlariga nisbatan, tezroq amalga oshiriladi.


67 
Har ikkala kriptotizimning afzalliklarini birlashtirish imkoniyati 
mavjudmi? Ya’ni, ma’lumotni shifrlashda yuqori samaradorlikka ega va 
kalitlarni taqsimlash muammosi bo‘lmagan kriptotizimni yaratish 
mumkinmi? Albatta, buning imkoniyati mavjud va bunday tizimlar 
gibrid 
kriptotizimlar deb ataladi. Gibrid kriptotizimlarda simmetrik 
shifrlash algoritmining kaliti ochiq kalitni shifrlash orqali yetkazilsa, 
ma’lumotlarning o‘zi esa simmetrik shifrlash orqali himoyalanadi. 
Gibrid kriptotizim sxemasi 3.7-rasmda aks ettirilgan. 
А tomon
B tomon
B
K
}
{
E(B tomon ma’lumoti, K)
E(A tomon ma’lumoti, K)
3.7-rasm. Gibrid kriptotizim 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin