1-MASHG`ULOT
YANGI ALIFBONING JORIY QILINISHI
1. Harf va tovush tushunchasi
2. Alifbo va lug’at
3. Yangi alfavitning joriy qilinishi
Nutq tovushlari nutqning eng kichik, bo’linmas qismidir. Nutq tovushlarining
yozuvdagi shakli harf deb ataladi. Nutq tovushlarini talaffuz qilamiz va eshitamiz.
Harflarni esa ko’ramiz, yozamiz va o’qiymiz.
Ma’lum tartibda joylashgan harflar qatori alifbo (yoki alfavit) deyiladi. Alifbo
so’zi arab alfavitidagi birinchi (alif) va ikkinchi (bo yoki be) harflari nomlarining
qo’shilishidan hosil bo’lgan.
Lug’atlarda, turli ro’yxatlarda so’zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Masalan,
barcha lug’atdagi so’zlar, saylovchilar ro’yxati, kutubxona kartotekasida
mualliflarning familiyalari, kitoblarning nomlari alfavit tartibida joylashtirilgan
bo’ladi. Shu sababli alfavitni yoddan bilishimiz zarur.
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu
yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo’lib, jahon xalqlarining 30% dan
ziyodi shu yozuvni qo’llaydilar. 1993 yil 2-3 sentyabrda bo’lib o’tgan Oliy
Kengashning 13-sessiyada o’zbek yozuvini lotin yozuviga o’tkazish to’g’risida
qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 maydagi Oliy Malij sessiyasida bu alifboga ayrim
o’zgarishlar kiritildi va bu yozuvga to’liq o’tish muddati 2005 yil sentyabr oyi deb
belgilandi. 2004 yilda chiqarilgan Qonunga ko’ra esa lotin yozuviga to’liq o’tish
muddati 2010 yil sentyabriga qadar cho’zildi.
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 29 harf bo’lib, shulardan
6 tasi unli harf, qolgan 23 tasi undosh harf va bitta (’) belgisidan iborat. Bu belgi,
asosan, arab tilidan kirib kelgan so’zlarda ko’p uchraydi(ma’rifat, ma’naviyat, ma’no
kabilar). Undosh harflardan 3 tasi harfiy birikma hisoblanadi: sh, ch, ng. 2 tasida
tepa belgisi mavjud: o‘g‘.
1
2
3
4
5
6
7
8
Aa
Bb
Dd
Ee
Ff
Gg
Hh
Ii
9
10
11
12
13
14
15
16
Kk
Ll
Mm Nn
Oo
Pp
Qq
Rr
17
18
19
20
21
22
23
24
Ss
Tt
Uu
Vv
Xx
Yy
Zz Jj
25
26
27
28
29
Tutuq
belgisi
O‘o‘
G‘g‘
Shsh
Chch
Ngng
(’)
Nutq tovulari ikkiga bo’linadi:
1. Unli tovushlar
2. Undosh tovushlar
27
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hyech qanday to’siqqa uchramay
chiqishi natijasida hosil bo’ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.
a, o, e, o‘, u, i.
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’izda
to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar undosh tovushlar deyiladi.
b, d, f,
g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.
Talaffuz va ohang
Talaffuzda ohang muhim o’rin tutadi. Ohang vositasida so’z birikmalari va gap,
uning bo’laklari farq qilinadi: Yangiyo’l (ot, atoqli ot) –yangi yo’l (so’z birikmasi).
Gap bo’laklari talaffuz qilinganda, ular orasida to’xtam (pauza) qilinadi. Ikkita
to’xtam orasidagi nutqiy bo’lak sintagma deb yuritiladi.
2-MASHG`ULOT
SO’Z VA ATAMA TUSHUNCHASI
1. So’zlarning ishlatilish darajasiga ko’ra turlari
2. Atama nima?
3. Atamalarning boyish imkoniyatlari va turlari
4. O’zbek tilida atamalarni hosil bo’lish yo’llari
O’zbek tili lug’atining boyish manbalari
O’zbek tili so’z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog’liq
holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:
1. O’zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba).
Bunda ko’pincha so’z yasash orqali yangi so’zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor,
namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, O’zMU va b.
2. Shevalardan so’z olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi, bolish,
dugona, et(go’sht).
Boshqa tillardan so’z olish (tashqi manba). O’zbek halqi qadim zamonlardan
buyon boshqa halqlar bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan.
O’zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so’zlarni misol qilib keltirish mumkin:
1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo,
san’at, asosiy,ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin,
vaholanki (o’zbek tilidagi arabcha so’zlar ko’proq ot va sifat turkumiga tegishli
bo’lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir,
muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi:
ma’no, qal’a; ko’pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qo’shimchalarini olib
yasalgan bo’ladi).
2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar,
dasturxon, dastro’mol, poydevor, poyafzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, do’st,
go’sht, sust, past, g’isht (Ko’rinyaptiki , fors-tojikcha so’zlarda poy, dast, dar kabi
qismlar qatnashyapti, so’zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan
keyin d tovushlari ishtirok etayapti).
3) mo’g’ulcha: tuman, navkar, yasoq..
4) uyg’urcha: manti, lag’mon, manpar.
5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan).
6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho’t
(schyot).
28
Rus tilidan olingan so’zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so’zlar
ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub,
futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Boshqa tillardan o’tgan so’zlar olinma (o’zlashma) so’zlar deyiladi. O’zbek
tilidan ham boshqa tillarga so’zlar o’tgan: o’rik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir,
samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o’ti
yo’q) kabi so’zlarning ham rus tiliga o’zbek tilidan o’tganligi isbotlangan. Hozirgi
paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan bekat so’zi ham yevropa tillarida piket tarzida
qo’llanayotganligi fanga ma’lum.
O’zbek tili lug’atining boyish manbalari
O’zbek tili so’z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog’liq
holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:
1. O’zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba).
Bunda ko’pincha so’z yasash oro’ali yangi so’zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor,
namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, O’zMU va b.
2. Shevalardan so’z olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi, bolish, dugona,
et(go’sht).
Boshqa tillardan so’z olish (tashqi manba). O’zbek halqi qadim zamonlardan
buyon boshqa halqlar bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan.
O’zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so’zlarni misol qilib keltirish
mumkin:1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da,
a’lo, san’at, asosiy,ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin,
vaholanki ( o’zbek tilidagi arabcha so’zlar ko’proq ot va sifat turkumiga tegishli
bo’lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir,
muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi:
ma’no, qal’a; ko’pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qo’shimchalarini olib
yasalgan bo’ladi) 2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla,
kaptar, dasturxon, dastro’mol, poydevor, poyafzal, darhol, darvoza, xursand,
farzand, do’st, go’sht, sust, past, g’isht (Ko’rinyaptiki, fors-tojikcha so’zlarda poy,
dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so’zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t,
jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapti); 3) mo’g’ulcha: tuman, navkar, yasoq;
4) uyg’urcha: manti, lag’mon, manpar; 5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar
ekan); 6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho’t
(schyot).
Rus tilidan olingan so’zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so’zlar
ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub,
futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Boshqa tillardan o’tgan so’zlar olinma (o’zlashma) so’zlar deyiladi. O’zbek
tilidan ham boshqa tillarga so’zlar o’tgan: o’rik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir,
samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o’ti
yo’q) kabi so’zlarning ham rus tiliga o’zbek tilidan o’tganligi isbotlangan. Hozirgi
paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan bekat so’zi ham yevropa tillarida piket tarzida
qo’llanayotganligi fanga ma’lum. So’zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug’atlar
etimologik lug’atlar deb ataladi.
29
So’zlarning ishlatilish darajasiga
ko’ra guruhlari
Bu jihatdan tilimizda so’zlarni ikkita guruhga bo’lish mumkin:
1.Umumxalq ishlatadigan so’zlar kundalik turmushda hammaning nutqida
tez-tez qo’llanadigan so’zlardir: non, suv, bugun, kim, besh, yaxshi, sotdi va b.
Bularni yana faol so’zlar ham deyishdi. Ular tilning asosiy so’z boyligidir.
2. Umumxalq ishlatmaydigan so’zlar turli sabablarga ko’ra kundalik
turmushda hammaning nutqida ham tez-tez qo’llanavermaydigan so’zlardir.
Bularni yana nofaol so’zlar ham deyishadi. Bu so’zlarni quyidagi guruhlarga
bo’lish mumkin:
1) ATAMALAR (terminlar) - ilm-fan, texnika, san’atga xos so’zlardir. Bular
odatda bir ma’noni bildiradi: (tilshunoslikda) urg’u, kesim, undalma, aniqlovchi,
to’ldiruvchi, hol va b.
Atamalar ikki guruhga bo’linadi:
Ilmiy atamalar
Kasbiy atamalar
Ma’lum bir fan doirasida qo’llaniladigan atamalar ilmiy atamalar deyiladi.
Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan
so’zlarga kasbiy atamalar deyiladi.
Atamalar ilmiy nutqda qo’llanadi. Ular ikki xil usul bilan hosil qilinadi:
a) umumxalq ishlatadigan so’zlar orasidan ayrimlarining ma’nosi torayib,
umumxalq tilida bir ma’noni, ilmiy nutqda esa boshqa ma’noni ifodalaydigan
bo’lib qoladi: fe’l (umumxalq tilida xarakter, fe’l-atvor ma’nosini, ilmiy tilda so’z
turkumi nomini bildiradi);
b) boshqa tillardan so’z olish orqali hosil qilinadi: omonim, paronim va b.
2) shevaga xos so’zlar – ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat щu yerda
yashovchi kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlardir: xorazmcha momo (buvi), gashir
(sabzi), moyak (tuxum), o’jak (buzoq), taxya (do’ppi), secha (chumchuq), taka
(yostiq), hovva (ha); farg’onacha shatta (shu yerda), valish (ishkom), paqir
(chelak); buxorocha kallapo’sh (do’ppi), inak (sigir), nana (ona); toshkentcha ada
(ota), dada (bobo);
Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning qayerlik ekanini, tilidagi
xususiyatlarn ko’rsatish uchun ularning nutqida ba’zan shevaga xos so’z va
qo’shimchalarni ham ishlatadilar.
3) kasb-hunarga oid so’zlar – ma’lum kasb-hunar egalari ishlatadigan
so’zlardir. Tikuvchilikda: andoza, angishvona, qatim, bichiq va b.
Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning mehnat faoliyatini ko’rsatish
uchun ularning kasb-hunarlariga oid so’zlardan ham foydalanadilar.
4) eskirib qolgan so’zlar – kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo’lib qolgan
so’zlardir. Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o’tishi bilan mehnat
qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo’ladi, eskilarining
ba’zilari ishlatilmaydigan bo’lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi so’zlar ham
bora-bora juda kam qo’llanadi yoki istebmoldan chiqib ketadi.
Eskirgan so’zlar ikkita guruhga ajratiladi:
a) tarixiy so’zlar – hozirda mavjud bo’lmagan narsa-hodisalarning
iste’moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so’z o’zi ifodalagan
30
tushuncha bilan birgalikda eskiradi: migboshi, ellikboshi, kanizak, omoch, dodhoh,
mumsik, xalfa, mo’ndi…
b) arxaik so’zlar hozirda mavjud bo’lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan
atamalaridir; bunda so’z eskiradi, lekin tushuncha eskirmaydi, u boshqa so’z bilan
ifodalanadigan bo’lib qoladi. Bunday so’zlar iste’moldan chiqish arafasida turgan,
hozirgi tilda sinonimi bo’lgan so’zlardir (qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari
berilgan): rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor),
xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus
(xalq), bitik (yozuv)…
5) yangi paydo bo’lgan so’zlar – fan, texnika va san’atning rivojlanishi bilan
tilda yangi paydo bo’lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so’zlardir:
xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora, kompyuter, disket, sayt, fayl, chip, shou,
debat…
6) jargon so’zlar (fransuzcha g’argon – «buzilgan til» degani) – qiziqishlari,
mashg’ulotlari umumiy bo’lgan odamlar (saroy aristokratiyasi, savdogarlar,
otarchilar, talabalar, o’quvchilar) tomonidan ishlatiladigan so’zlardir: oftobi
olam(podshoh), tish(guruch), ellik olti(ipak), qaychi(revizor) kabi.
7) argo so’zlar (fransuzcha argot – «lahja» degani) o’g’rilar, bezorilar
qimorbozlar o’rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so’zlardir: loy, yakan (barchasi
pul ma’nosini bildiradi) , bedana(to’pponcha), zamri(qimirlama), atamri(ishingni
davom ettir), shuxer(qoch) va b.
8) olinma so’zlar tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan so’zlardir: lisey,
institut, universitet.
3 – MASHG`ULOT
TERMIN VA LUG’AT TUSHUNCHASI
1. Lug’at nima?
2. Lug’atshunoslik
3. Lug’at turlari haqida ma’lumot
4. O’zbek tilining izohli lug’ati haqida
Leksikologiya so’zi leksis –so’z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni
bildiradi. Leksikologiyada tilning lug’at boyligi o’rganiladi. Uning lug’at tuzish
masalalari bilan shug’ullanadigan bo’limi leksikografiya deb ataladi.
Tilimizdagi so’zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug’at, lug’at tuzish
qoidalarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug’atshunoslik (leksikografiya)
deyiladi.
Lug’at va ularning turlari
Tildagi jamiki so’lar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan
lug’atshunoslik shug’ullanadi. Mukammal tuzilgan lug’at va so’zliklar u yoki bu
tilning boyligini o’zida to’playdi. Lug’atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan,
Mahmud Qoshg’ariy tomonidan XX asrda yaratilgan «Devonu-lug’atit-turk», XVI
asrda usmonli turk tilida yaratilgan «Abushqa» lug’atlari tarixdan bizga ma’lum.
Lug’atlar ikki guruhga bo’linadi:
1. Qomusiy lug’atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda
ishlab chiqarishga xos tushunchalar, boliqdagi predmetlar, hodisalar haqida
ma’lumot beriladi.
a) O’zbek milliy ensiklopediyasi;
31
b) Salomatlik ensiklopediyasi;
v) U kim, bu nima ensiklopediyasi.
kabi lug’atlar shular jumlasidandir.
2.Lingvistik (tilshunoslik) lug’atlar bir tilli va ko’p tilli bo’ladi.
Bir tilli lug’atlarga:
a) imlo lug’ati(so’zlarni to’g’ri yozishga yordam beradi)
b) chappa (ters) lug’at (so’zlar oxirgi harfi bo’yicha alfavit tartibida
joylashtiriladi)
v) orfoepik lug’at (so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi)
g) morfem lug’at (so’zlarni o’zak va qo’shimchalarga ajratishga yordam
beradi)
d) o’zlashma so’zlar lug’ati (chet tillardan kirgan so’zlarga ta’rif beriladi)
ye) frazeologik lug’at (ibora lug’ati)
yo) teminologik lug’at (ma’lum fan sohasi bo’yicha atamalarga izoh
beriladi)
j) izohli lug’atlar (tilda mavjud bo’lgan so’zlarga izoh beriladi )
z) chastotali lug’atlar (ma’lum asarlarda so’zlarning qo’llanish darajasi
haqida m’lumot beradi)
i) paronimlar lug’ati (tilda mavjud bo’lgan talaffuzdosh so’zlar haqida
m’lumot beradi).
1981 yilda yaratilgan «O’zbek tilining izohli lug’ati» 2 jilddan iboratdir. Bu
lug’atda so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari haqida to’la ma’lumot beriladi. 2006-
2008 yillarda 5 jilddan iborat «O’zbek tilining izohli lug’ati» tuzildi, unda 80000
dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan.
Bunday lug’atlar malum bir ijodkor asarlari bo’yicha ham yaratilishi mumkin.
Masalan, Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 tomlik lug’atda 60000 dan ortiq
so’z berilgan.
Ko’p tilli lug’atlarga esa tarjima lug’atlari kiradi. Masalan, Q.Berdiyev,
Q.Meliyev «Tibbiy atamalar» ruscha-o’zbekcha lug’ati kiradi. O’zbek tilida mavjud
bo’lgan barcha so’zlar (shu jumladan, sheva so’zlari ham) yig’ilsa 100-120 ming
so’zdan oshib ketadi.
So’zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug’atlar etimologik lug’atlar deb
ataladi.
TERMIN VA TERMINOLOGIYA
TERMIN [lot. (terminus – chek, chegara] Fan, texnika, kasb-hunarning biror
sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo’lgan so’z yoki
so’z birikmasi; atama. Botanika terminlari. Zargarlik terminlari. Paxtachilik
terminlari. Yo’ldosh.. Elmurodga notanish terminlarni.. tushuntira ketdi. Shuhrat,
Shinelli yillar. Terminlar ilmiy kommunikasiyadan jonli so’zlashuvga o’tganda, xalq
uchun tushunarli so’zlarga aylana boradi. TERMINOLOGIK Terminologiyaga,
terminlarga
oid.
Terminologik lug’at. So’zning terminologik
ma’nosi.
Determinlashish – terminologik sistemadagi so’zning adabiy tilga to’la
o’zlashishidir.
TERMINOLOGIYa [lot. terminus - chegara + yun. logos – fan, ta’limot]
32
1. Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasida qo’llanadigan terminlar majmui.
Texnika terminologiyasi. Harbiy terminologiya. Ilmiy terminologiya. O’zbek tili
terminologiyasi, Qori aka fanlar ichida avvalo matematikani sevib o’rganadi va
uning o’zbekcha terminologiyasini ishlab chiqadi. M. O’rozboyev, Mo’jizalar olami.
2.Tilshunoslikning terminlarni o’rganish, tartibga solish bilan shug’ullanuvchi
sohasi. Terminologiya mutaxassisi. Terminologiya bo’limi. Seminar rus va o’zbek
tillarining fonetikasini kiyosiy o’rganish, orfoepiya, terminologiya va leksikologiya
masalalariga alohida e’tibor beradi.
O’zbek tilining izohli lug’ati. 2008 yil. 4-tom.73-74-betlar.
Dostları ilə paylaş: |