HISOBOT
Bir yillik, yarim yillik, bir chorak yoki bir oylik muddat uchun rejalashtirilgan
ishlar, vazifalar, topshiriqlar, tadbirlar va boshqa shu kabilarning bajarilishi, turli
ilmiy va xizmat safarlarining natijalari bayon etiladigan rasmiy hujjat. Hisobot
hajman va mazmunan keng yoki qisqa bo`lishi ham mumkin. Xizmat safari bo`yicha
buxgalteriya hisob-kitobi uchun mo`ljallangan raqamlarga asoslanuvchi hisobot
maxsus ish qog`oziga rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlar tavsifidan iborat hisobot
keng qamrovli bo`lishi bilan birgalikda hisobot berilayotgan muddat hamda unda aks
ettirilayotgan sohaga doir ma’lumotlar aniq bo`lishi lozim. Hisobot korxona,
tashkilot, muassasaning yil, chorak yoki oy davomida amalga oshirgan ishlarinigina
qamrab olmasdan qo`lga kiritilgan yutuqlar, ularning omillari, yo`l qo`yilgan
kamchiliklar va ularning sabablari, rejalashtirilgan ishlarning bajarilishida ularning
samaradorligini ta’minlash bo`yicha taklif-mulohazalar ham o`z ifodasini topadi.
Shuning uchun ham hisobot mavzu bo`yicha tegishli taklif, mulohaza va tavsiyalar
keltirish bilan xulosalanadi.
Hisobotning zaruriy qismlari:
- hisobot beruvchi shaxsning o`qish yoki ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi,
hisobotning nima haqdaligi va hisobot davri;
- hujjat nomi – hisobot;
61
- matn (unda rejalashtirilgan ishlar, topshirilgan vazifa, ular yuzasidan amalga
oshirilgan tadbirlar, ularning bajarilishi, erishilgan yutuqlar, ularning omillari, yo`l
qo`yilgan nuqson va kamchiliklar, ularning sabablari, taklif, mulohazalar, tavsiyalar,
ilova materiallar aks etadi);
- hisobot yozuvchi shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana
(hisobot yuqori idoralarga yuboriladigan bo`lsa, korxona rahbari imzosi bilan
tasdiqlanb, muhri bosiladi).
NAMUNA
Samarqand shahar 17-o`rta umumta’lm
maktabining kimyo fani o`qituvchisi
Elomonova Marjonaning IX sinf
o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan
I bosqich olimpiadasi natijalari yuzasidan
qisqacha
HISOBOTI
2007-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf
o`quvchilari o`rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o`tkazildi.
Olimpiadada to`rtta to`qqizinchi sinfdan 20 o`quvchi ishtirok etdi. Olimpiada
ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga
doir uchtadan masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi.
Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari
Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi.
Tekshirish natijalariga ko`ra IX ”A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball
to`plab birinchi, IX ”D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to`plab
ikkinchi, IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov
Ro`zmurodlarning har biri 80 balldan to`plashib uchinchi o`rinni egallashdi.
Hakamlar kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi
o`rinlarni egallab, g`oliblikni qo`lga kiritgan IX “A” sinf o`quvchisi Madaminov
Ramazon va IX “D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo`yicha
Samarqand shahar o`rta umumta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan
ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli
uchinchi o`rinni egallashgan IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf
o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo`limi faxriy yorlig`i bilan
taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan
tegishli nizom qoidalariga to`la rioya etilgan holda o`tkazildi.
Kimyo
fani
o`qituvchisi:
imzo
ELOMONOVA
M.
2007.27.01.
TOPSHIRIQLAR
1.Mavzuni hamda uning zaruriy qismlarini o`qing.
2.Hisobot, uning vazifasi, ahamiyati haqida gapirib bering.
3. Quyidagi mavzular yuzasidan qisqaroq hajmli hisobot namunalari yozing:
maktabda mutaxassisligingiz bo`yicha o`tkazilgan o`quvchilar olimpiadasi haqida
hisobot, amaliyotchi talaba sifatida maktabda o`tilgan pedagogik amaliyot haqida
hisobot, guruh rahbari sifatida talabalar bilan olib borgan yarim yillik ma’naviy-
62
ma’rifiy ishlar yuzasidan hisobot, sinf rahbari sifatida o`quvchilar bilan Urganch
shahriga uyushtirilgan sayohat haqida hisobot, o`tkazilgan shanbalik natijalari
bo`yicha hisobot va hokazo.
BUYRUQ
Buyruq korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan chiqariladigan rasmiy
hujjat. Uning asl nusxasi O`zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan maxsus xos
qog`oz(blank)ga rasmiylashtiriladi. Dastlab mutasaddi shaxs tomonidan tegishli
mavzuga doir buyruq loyihasi tayyorlanadi va unga soha bo`yicha javobgar shaxslar,
mutaxassislarning roziligini ifodalovchi yozuvlar bilan imzolari to`planadi. Korxona
rahbari buyruq loyihasini "buyruqqa", "buyruq uchun" deb imzolagandan so`ng
devonxona yoki xodimlar bo`limida ro`yxatga olingan sana va tartib raqami bilan
buyruq chiqariladi va u qonuniy kuchga kiradi. Yuqori tashkilotning buyrug`i quyi
tashkilotlar uchun, tashkilotning o`zida chiqarilgan buyruqlar uning barcha xodimlari
uchun bajarilishi shart bo`lgan hujjatdir. Zarurat bo`lganda chiqarilgan buyruqdan
ko`chirma berilishi mumkin.
Buyruqda korxonada amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar hamda
kundalik vazifalar o`z aksini topadi.
Buyruqlar mazmuni va vazifasiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1. Korxona faoliyatiga doir buyruqlar. 2. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar.
Har ikki turdagi buyruqlar ham ketma-ket tartibda sana va raqamlar bilan
rasmiylashtirib boriladi. Birinchi turdagi buyruqlarda korxona faoliyati bilan bog`liq
barcha ishlarni tashkil etish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish, mablag` bilan
ta’minlash, rejalashtirish, hisobot va hokazolar o`z ifodasini topadi. Buyruqlar
vazifasiga ko`ra raqamlar bilan bir qatorda maxsus qisqartmalar bilan ham yuritiladi.
Masalan, xizmat safarlari (XS) haqida bo`lsa, 00-XS, ijro(IJ) etish to`g`risida bo`lsa,
00-IJ, moliyaviy(M) masalalar bo`yicha bo`lsa, 00-M, kadrlar – xodimlar(K yoki X)
shaxsiy tarkibiga oid bulsa, 00-K, talabalar(T) haqida bo`lsa 00-T kabi va hokazo.
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlarda xodimlarni ishga olish, ishdan bo`shatish,
boshqa lavozim yoki ishga o`tkazish, rag`batlantirish, mehnat ta’tili berish, mehnat
ta’tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi. Buyruqning zaruriy qismlari:
- davlat gerbi, vazirlik nomi va korxona nomi yozilgan xos qog`oz;
- buyruqning nima haqdaligi yoki buyruqning sarlavhasi;
- rasmiylashtirilgan sana, buyruq tartib raqami va joyi;
- hujjat nomi – buyruq;
- matn (buyruq mazmuni va shu asosda bajariladigan vazifalar, qo`yiladigan
talablar va hokazo);
- buyruq ijrosini nazorat qiluvchi;
-
buyruq uchun asos bo`lgan hujjatlar;
-
buyruq loyihasini tayyorlovchining lavozimi, familiyasi, ismi;
-
korxona rahbarining lavozimi, imzosi, munosabat belgisi, familiyasi,
ismi;
-
buyruqqa rozilik bildirgan mutasaddilarning imzolari, familiyasi, ismi
(huquqshunos, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, moliya-rejalashtirish bo`limii boshlig`i,
rahbar o`rinbosarlari va boshqalar).
63
NAMUNA
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi
GULISTON davlat universiteti
Samarqand shahri
2005-yil 2-may 99-ij raqamli
BUYRUQ
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi,
filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin
Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash
to`g`risida.
Samarqand viloyat hokimligining 2005-yil 22-martdagi 66-K raqamli
“O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor
Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori ijrosini
ta’minlash hamda taniqli adabiyotshunos olim Nuriddin Shukurov tavalludining 75
yilligini nishonlash bilan bog`liq tadbirlarning yuqori saviyada o`tkazilishini
ta’minlash maqsadida
B Y U R A M A N:
1. Taniqli adabiyotshunos olim, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi,
filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligi
universitet miqyosida keng nishonlansin.
2. Professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni
yuqori savida o`tkazishni tashkil etish uchun quyidagi tarkibda ishchi guruhi
tuzilsin:
2.1. Professor Shirinov T.Sh. – rektor, ishchi guruhi raisi.
2.2. Professor Muhidinov M.Q. – ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha birinchi
prorektor, rais o`rinbosari.
2.3. Professor Soliyev A.S. – o`quv ishlari bo`yicha prorektor, a’zo.
2.4. Professor Qodirov M.Q. – ilmiy ishlar va informatsion texnologiyalar bo`yicha
prorektor, a’zo.
2.5. Pardayev I.R. – va tadbirkorlik ishlari bo`yicha prorektor, a’zo.
2.6. Professor Karimov S.A. – o`zbek filologiyasi fakulteti dekani, a’zo.
2.7. Akademik Valixo`jayev B.N. – o`zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, a’zo.
2.8. Professor Umurov H.I. – hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi midiri, a’zo.
2.9. Professor Mirzayev S.Z. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, a’zo.
3. Ishchi guruhiga:
3.1. 2005-yil 26-may kuni universitetda professor Nuriddin Shukurov tavalludining
75 yilligiga bag`ishlangan respublika ilmiy konferensiyasi o`tkazish;
3.2. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo`limi bilan
hamkorlikda fakultetlarda adib hayoti va ijodiga bag`ishlsngan adabiy-badiiy
kechalar, davra suhbatlari tashkil qilish;
64
3.3. Professor Nuriddin Shukurov xotirasini abadiylashtirish maqsadida o`zbek
filologiyasi fakultetida professor Nuriddin Shukurov nomidagi o`quv xonasi
tashkil etish va uni jihozlash kabi tashkiliy vazifalar yuklatilsin.
4. Adabiyotshunos olim Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan
konferensiyaning dasturiga kiritilgan mualliflarning maqola va ma’ruzalar
materiallarini tanlash, ularni nashr qilish uchun tavsiya etish bo`yicha takliflar
tayyorlash uchun quyidagi tarkibda dasturiy qo`mita tuzilsin:
4.1. Professor Umurov H.I. – hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi midiri,
dasturiy qo`mita raisi.
4.2. Dotsent Absamiyev H.A. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, a’zo.
4.3. Dotsent Hasanov Sh.A. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, a’zo.
4.4. F.f.n. Nosirov A.N. - hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi, mas’ul kotib.
5. Konferensiya materiallari(maqolalar to`plami)ni chop etish uchun quyidagi
tarkibda tahririyat hay’ati tuzilsin:
5.1. Professor Umurov H.I. – hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi midiri,
mas’ul muharrir.
5.2. Meliyev Q.Y. – nashr-matbaa markazi boshlig`i, a’zo.
5.3. Tohirov S.Q. – tahrir-nashriyot bo`limi boshlig`i, a’zo.
5.4. Nosirov A.N. – mas’ul kotib.
6. Konferensiyaning dasturi va taklifnomasini tuzish hozirgi zamon o`zbek adabiyoti
kafedrasi a’zolari zimmasiga, dastur va taklifnomalarni konferensiya
ishtirokchilariga yuborish universitet ma’naviyat va ma’rifat bo`limiga
yuklatilsin.
Muddati – 2005-yil 10-maygacha.
7. Konferensiyada o`qish uchun tavsiya qilingan eng yaxshi ma’ruzalar materiallari,
maqolalarni nashr etishga tayyorlash ilmiy ishlar va informatsion
texnologiyalar bo`yicha prorektor M.Q.Qodirovga hamda nashr-matbaa
markazi boshlig`i, Q.Y.Meliyevga yuklatilsin.
Muddati - 2005-yil 10-maygacha.
8. Professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan respublika
ilmiy konferensiyasini o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar universitetning
budjetdan tashqari mablag`lari hisobidan qoplansin.
9. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha birinchi
prorektor professor M.Q.Muhidinovga topshirilsin.
Asos: ma’naviyat va ma’rifat bo`limi boshlig`i X.To`xtayev tayyorlagan buyruq
loyihasi, prorektorlar: Muhidinov M.Q., Soliyev A.S., Qodirov M.Q.,
Pardayev I.R., huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo`jayevalarning roziliklari
va rektor T.Sh.Shirinovning munosabat belgisi.
REKTOR SHIRINOV T. Sh.
TOPSHIRIQLAR
1.
Mavzuni va uning zaruriy qismlarini o`qib o`rganing.
2.
Mavzu mazmunini og`zaki hikoya qiling.
65
3.
Berilgan buyruq namunasidan foydalanib, ishga qabul qilish, ishdan bo`shatish,
ta’til vaqtini o`zgartirish, xizmat safariga yuborish, yaxshi ko`rsatkichlari uchun
xodimni moddiy rag`batlantirish to`g`risida buyruq loyihalarini tayyorlang.
SHARTNOMA
Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy
munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatishni
nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar,
xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar
yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar
joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya
qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan
korxona, fuqarolar o`rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnomalar o`z
mazmuni va mohiyatiga ko`ra amaldagi qonunlarga to`la mos bo`lishi shart.
Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan so`ng yoki notarial idora tomonidan
tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda qo`llanishda
bo`lgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli-tumandir. Shartnomalarning
ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari
esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har
safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi.
Turmushda ko`p qo`llanishda bo`lishini hisobga olib talabalar o`rganishlari
uchun korxona va fuqaro o`rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning
zaruriy qismlariga to`xtalamiz. Ular quyidagilar:
- hujjat nomi - mehnat bitimi;
- hujjat tuzilgan sana va joyi;
- bitimni tuzayotgan korxona nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi,
fuqaroning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- matn (ijrochi va buyurtmachining majburiyatlari);
- ishning bajarilish muddati, to`lanadigan haq, to`lanish muddati va tartibi;
- ish sifatiga qo`yiladigan talablar, uni qabul qilib olish tartibi;
- tomonlarning manzillari, ijrochi va buyurtmachi imzolari, familiyalari, ismlari va
muhr;
- ilovalar ro`yxati.
NAMUNA
MEHNAT SHARTNOMASI
2000-yil 18-avgust
Samarqand shahri.
Samarqaand viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan(bundan keyin ish
beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshlig`i va O`zbekiston Respublikasi
fuqarosi, GULISTON davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tili va
adabiyoti kafedrasining katta o`qituvchisi Berdiyev Husan Xolnazarovich(bundan
keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda yshbu mehnat shartnomasini quyida
bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bo`yicha kelishib, imzoladilar.
Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora
a’zolari, notariat idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY)
66
idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi va imlo
qoidalarini o`rgatish bo`yicha amaliy o`quv mashg`ulotlarini tashkil etish hisolanadi.
I. Ish beruvchi:
I.1. Ish bajaruvchi tomonidan tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan o`quv-ish
dasturi asosida guruhlarga taqsimlangan adliya boshqarmasi xodimlariga, notariat va
FHDY xodimlariga belgilangan xonalarda va paytda oquv mashg`ulotlari o`tish
uchun barcha sharitlarni yaratadi, tinglovchilarning to`liq ishtirokini ta’minlaydi.
I.2. Ish bajaruvchiga o`tilgan har bir soatlik amaliy mashg`ulot uchun oliy
o`quv yurtlari talabalriga o`tiladigan darslarga soatbay asosida to`lanadigan ish
haqiga ellik foiz miqdorida ustama qo`shib to`laydi.
II. Ish bajaruvchi:
II.1. Amaliy o`quv mashg`ulotlarini tegishli o`quv dasturi va ish rejasiga
asosan ish beruvchi tasdiqlagan dars jadvaliga binoan sifatli o`tilishini ta’minlaydi.
II.2. Guruhlar bo`yicha o`quv mashg`ulotlarining natijalari yuzasidan har bir
xodimning olgan bilim darajasi, yangi alifbo va imloda qay darajada ish qog`ozlari
yurita olish malakasi to`g`risida ish beruvchiga yozma ravushda axborot beradi.
II.3. Ushbu mehnat shartnomasi tomonlarning o`zaro kelishuvi asosida tuzilgan
bo`lib, unda ko`rsatilgan shartlar to`liq bajarilgunga qadar kuchda bo`ladi.
II.4. Shartnomada ko`zda tutilgan majburiyat va vazifalarning bajarilishi
jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonun va qoidalar asosida hal etiladi.
Sirdaryo viloyat hokimligi GulDU filologiya
adliya boshqarmasi boshlig`i: fakulteti o`zbek tilshunosligi
kafedrasi katta o`qituvchisi
BERDIYEV H.X.
TOPSHIRIQLAR
1.
Mavzu va uning zaruriy qismlarini diqqat bilan o`qing.
2.
Mavzuni hayotiy misollar bilan hikoya qilib bering.
3.
Mavzuga doir namunadan foydalanib, xizmat ko`rsatishga doir shartnoma
namunalarini tayyorlang.
DALOLATNOMA
Dalolatnoma ham kundalik hayotimizda ko`p qo`llanadigan hujjatlar sirasiga
kiradi. Dalolatnoma, odatda, ma’lum muassasa, korxona, tashkilot yoki ayrim
shaxslar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan biror-bir voqea-hodisa, xatti-harakat yoki
mavjud holatni tasdiqlash maqsadida kamida uch kishi tomonidan tuzilib
imzolanadigan hujjatdir.
Dalolatnoma ikki yoki uch nusxada tuzilishi mumkin. Dalolatnomada
tekshirilgan voqea, hodisa, xatti-harakat tafsiloti, jihozlar, asbob-uskuna, ashyolar,
texnika, binolarning yaroqli-yaroqsiz holati o`z aksini topishi lozim. Chunki
dalolatnomada qayd etilgan holat, dalillar ma’lum korxona, bo`lim yoki shaxs, uning
yashash sharoiti, iqtisodiy imkoniyati, faoliyati haqida tegishli xulosa chiqarish uchun
imkoniyat beradi. Bu hujjat tegishli joylarda taftish o`tkazilganda, rahbarlar yoki
moddiy javobgar shaxslar almashayotganda, moddiy boyliklar bir javobgar shaxsdan
ikkinchisiga yoki bir joydan boshqa biriga o`tkazilayotganda, yangi qurilgan
binolarni qabul qilib olishda, korxonaga tegishli asbob-uskuna, jihoz va buyumlarni
hisobdan o`tkazish, hisobdan chiqarish, ish jarayonida yoki ishdan tashqari vaqtda
67
yuz bergan baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlarning oqibatlari tekshirilganda, tibbiyot
sohasida, sud-tergov ishlarida, ishchi va xizmatchilarning iqtisodiy hamda yashash
sharoitlari o`rganib chiqilgandan so`ng tuziladi.
Dalolatnoma tuzilgach, o`sha vaqtning o`zidayoq komissiya a’zolari,
ishtirokchilar yoki guvohlar nazorati ostida rasmiylashtirilib, ularning ham imzolari
bilan tasdiqlanadi. O`rganilib, dalolatnoma tuzilgan sohaga doir qo`shimcha hujjatlar
bo`lsa, unga ilova qilinadi va dalolatnomada ilova hujjatlar nomi, hajmi qayd etiladi.
Dalolatnomalar tasdiqlanayotgan voqea-hodisalar mazmuni yoritilishiga ko`ra
turli hajmda rasmiylashtirilishi mumkin. Biroq ularning barchasida qamrab olinishi
lozim bo`lgan zaruriy qismlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
- muassasa, korxona yoki tashkilot nomi;
- hujjat nomi – dalolatnoma;
- tuzilgan sana va joy;
- dalolatnomani tuzish uchun asos bo`lgan hujjat (buyruq, qaror, ko`rsatma, ariza,
farmoyish va hokazo);
- komissiya tarkibi (rais va a’zolarning lavozimi, familiyalari, ismlari);
- matn (tasdiqlanayotgan voqea-hodisa yoki mavjud holatning batafsil bayoni);
- ilovalar ro`yxati, ularning hajmi;
- dalolatnoma tuzuvchilar, ishtirok etuvchilar yoki guvohlarning imzolari,
familiyalari, ismlari.
Dostları ilə paylaş: |